Biz "Trade & Alu-Magnit & Yasar" da MDH hamkorlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib, eksport chegaralarini kengaytirish niyatidamiz. 2022-yil 18-oktabr kuni "Tashkent International business HUB" xalqaro biznes-forumi davomida Hindiston, Eron, Belorusiya, Rossiya federatsiyasi, Ozarbayjondan xalqaro hamkorlik sohasida tajriba almashgan tadbirkorlar bilan uchrashdik.
Alyuminiy kompozit panellar istiqbolli qurilish materialidir, uning afzalliklari tufayli butun dunyoda talab katta. Biz doimiy ravishda ishlab chiqarishni ko'paytirish ustida ishlayapmiz va o'zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qilish uchun ochiqmiz.